Jahon | 16:40 / 11.10.2015
10807
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviatsiyasi Suriyada bir kunda 64ta harbiy parvozni amalga oshirdi

Rossiya harbiylari Suriyada jangarilar pozitsiyalariga qarata aviazarbalar berishda davom etmoqda, deya xabar qildi “Interfaks”.

“Rossiya zarba guruhlarini havodan doimiy asosda Su-30 qiruvchilari himoya qilib kelmoqda. «Xmeymim» aviabazasidan Xama, Latakiya, Idlib va Rakkadagi 63ta obekt tomonga Su-34, Su-24m va Su-25SM samalyotlarining 64 marta parvozi amalga oshirildi. Harbiy vazifa bajarilganidan so‘ng Suriya Arab Respublikasidagi Rossiya aviaguruhining barcha samolyotlari «Xmeymim» aviabazasiga muvaffaqiyatli qaytib kelishdi”, - dedi Mudofaa vaziri vakili Igor Konashenkov.

Uning qayd etishicha, bir kun ichida Rossiya aviaguruhi mustahkamlangan tumanda IShIDning 54ta obekti, jumladan, bitta dala qo‘mondonligi punkti, to‘rtta lager, yettita o‘q-dori ombori, artilleriya va minomyot batareyalari yo‘q qilindi.

“Tutilgan radioaloqa xabarlari ma'lumotlari IShID terroristik tashkilotining jangarilari o‘rtasida sarosima kayfiyati ortib borayotganini ko‘rsatmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Igor Konashenkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish