Jamiyat | 22:23 / 11.10.2015
5075
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik muhojir baland joydan yiqilib, omon qoldi

Rossiyaning Vsevolojsk tumani, Toksovsk aholi yashash punkti, Novoye Toksovo shaharchasida o‘zbekistonlik muhojir baland joydan yiqilib, bosh suyak chanog‘ini sindirib qo‘ydi va shu holicha shifoxnaga qadar borishga muyassar bo‘ldi.

38 yoshli G‘olibjon I 9 oktabr, kechki 19-00 da o‘zi mustaqil ravishda Toksovsk tuman shifoxonasiga bordi. O‘zbekiston fuqarosini miya shikastlanishi, bosh suyagini ochiq jarohatlanishi tashxisi bilan katatravma bo‘limiga shoshilinch yotqizishdi. Vrachlar uning holatini og‘ir deyishmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda,erkak shaharchadagi ko‘p qavatli binolardan biridan qulab tushgan. Boshidan olgan jarohatga qaramay,u shifoxonaga mustaqil ravishda yetib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish