Sport | 22:49 / 11.10.2015
3949
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxtyor – Beshiktosh o‘rtasidagi o‘yin Anqaradagi teraktlar sabab qoldiriladigan bo‘ldi

O‘nlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Anqaradagi terakt sabab, hukumat mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. Shu bois ham Shaxtyorning Istambul jamoasi bo‘lmish Beshiktosh bilan 11 oktabrda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yin qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabrda mahalliy vaqt bilan 10.04 da Anqarada terakt uyushtirildi. U terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirilganini ma'lum qilishdi. Hozircha terakt ishini hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish