Sport | 11:14 / 11.10.2015
3728
1 daqiqa o‘qiladi

Sochida avariyaga uchragan «Formula-1» haydovchisi shifoxonadan chiqarildi

Rossiyaning Sochi shahrida «Formula-1» chempionati Gran-Prisining 15- bosqichiga tayyorgarlik mashg‘ulotida avariyaga uchragan Toro Rosso poygachisi Karlos Sayns shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda 10 oktabr kuni «Motosport» xabar qildi.
Saynsning aytishicha, tanasidagi og‘riqlarga qaramasdan, u poygada ishtirok etishga tayyor. “Umid qilamanki, ertaga men yaxshi holatda uyg‘onaman va ehtimol, poygada ishtirok etaman – buni juda xohlayman”, - dedi u.
10 oktabr kuni Sayns Sochida tayyorgarlik mashg‘ulotlarining uchinchi sessiyasi vaqtida avariyaga uchradi. Ispan poygachisi taxminan 300 kilometr soat tezlikda harakatlanayotgan avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, to‘siqqa borib urilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, bolidga elektronika pand bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish