Jahon | 17:22 / 11.10.2015
3428
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Anqaradagi portlashlar sababli parlament saylovlari muddatini o‘zgartirmaydi

Turkiyada Anqarada sodir etilgan portlashlarga qaramasdan, parlament saylovlari muddati o‘zgartirilmaydi. Bu haqda Reuters agentligi Turkiya hukumatining yuqori lavozimli vakili bergan ma'lumotga asoslanib xabar qildi.
“Hujumlar sababli saylovlarni o‘zgartirish kun tartibidagi birorta ham rejada yo‘q. Saylovlar avval rejalashtirilgani kabi 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi”, - dedi axborot manbasi.
Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, tahdidlar oshayotgani munosabati bilan tobora avj pallasiga kirayotgan saylovoldi kampaniyasi tadbirlarining xavfsizligi undan ham kuchaytiriladi. “Saylovlar xavfsiz tartibda o‘tadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish