Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgacha 50ta paxta tozalash zavodi rekonstruksiya qilinadi
"Bugungi kunda “Paxtasanoat” AJning 13ta hududiy birlashmalari, 98ta paxta tozalash korxonalari, “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi maxsus don tayyorlovchi 34ta sexlar O‘zbekistonda paxta raqobatbardoshliligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi", deyiladi telegraf.uz xabarida.
So‘nggi yillarda ushbu tuzilmalar tubdan modernizatsiyalashtirildi va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlandi.
Xususan, 2005-2011 yillarda barcha maxsus don tayyorlash sexlarida hamda paxta tozalash korxonalarining katta qismida modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash bo‘yicha loyihalar hayotga tadbiq etildi.
2015-2020 yillarda 50 ta paxta tozalash zavodlarida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.