Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:12 / 12.10.2015
5194
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh: Asadga Rossiya va Eron bosim o‘tkazishi lozim
Suriyadagi siyosiy vaziyatni maromga keltirish uchun Rossiya va Eron Bashar Asad hukumatiga ta'sir o‘tkazishi kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama 11 oktabr kuni CBS telekanalidagi “60 daqiqa” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Asad hokimiyat tepasida ekan, mo‘'tadil muxolifat kuchlarini IShIDga qarshi kurashga jalb qilish qiyin bo‘ladi”, - dedi u.
Suriya inqirozini harbiy yo‘llar bilan hal qilib bo‘lmaydi, deya ishonch bildirdi Obama.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish