Jahon | 14:54 / 12.10.2015
5681
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Obamaning besamar siyosati sababli iste'foga chiqdi

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Robert Ford ma'muriyat Yaqin Sharqdagi mojaro munosabati bilan olib borayotgan siyosat sababli iste'foga chiqqanini ma'lum qildi, deya yozmoqda Washington Examiner jurnali.

“Mening iste'foga chiqishimga ma'muriyat siyosatini ortiq himoya qila olmasligim sabab bo‘ldi”, - dedi sobiq elchi. U intervyu jarayonida Obama siyosati ish bermayotganini uch marotaba ta'kidlab o‘tgan.

Robert Ford Barak Obama Suriya muholifatini o‘qitish va qurollantirish rejasini tasdiqlashi bilanoq iste'foga chiqqan. Mazkur dasturning qiymati 500 mln dollarni tashkil etib, mazkur haftada o‘zining samarasizligi sababli to‘xtatildi. Qayd etilishicha, Suriyaga yuborilgan bir qator qurollar “Al-Qoida” va boshqa terroristik guruhlar qo‘liga tushgan.

Fordning taxminiga ko‘ra, agarda mojaro to‘xtatilmasa, Yevropani Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kabi muhojirlar inqirozi kutmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish