Jahon | 08:07 / 12.10.2015
6302
2 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama eng yaxshi raqs tushadigan prezident deb tan olindi

AQShning The Washington Post nashri o‘zining raqqoslik qobiliyatlarini ko‘rsatishdan uyalmaydigan davlat rahbarlari reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra Barak Obama eng yaxshi raqs tushadigan prezident deb tan olindi.

AQSh nashrning fikricha, o‘z raqqoslik qobiliyatlarini omma oldida ko‘rsatishga jazm qila oladigan davlat rahbarlari orasida AQSh prezidenti anchagina dadil ko‘rinadi. Nashr turli prezidentlar va bosh vazirlar o‘zlarining raqqosliklarini ko‘rsataman deb uyalib qolgan bir qator misollarni keltirib o‘tdi. Joriy yilda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Yamaykada reggi musiqa uslubida ijro qiladigan mahalliy guruhning konsertida o‘zini ushlay olmay, o‘zi uchun omadsiz ravishda raqsga tushgan. JAR prezidenti Jyeykob Zuma esa Pretoriyada Zimbabve birinchi xonimi Greys Mugabe bilan raqs tushgan. 2012 yilda Londondagi Olimpiya o‘yinlari yopilishida Devid Kemeron Spice Girls guruhining ishtiroki paytida “raqsga o‘xshagan bir narsani” tasvirlashga harakat qilgan.  

Obama o‘zining raqqoslik qobiliyatlarini yaqinda Keniyaga uyushtirgan tashrifi paytida ham namoyish qildi: Obama mahalliy guruhlardan biri bilan birga Keniyaning an'anaviy raqsini ijro etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish