Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fiji orollari parlamenti yangi prezidentni sayladi
Fiji respublikasi parlamenti Jioji Konusi Konroteni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda Radio New Zealand xabar qildi.
Konrote davlatning birinchi raqamli shaxsiga aylanguniga qadar bandlik, mehnat samaradorligi va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Uning nomzodi uchun 31 deputat ovoz berdi, 14 nafari qarshi chiqqan bo‘lsa, uch kishi betarafligicha qolgan.
Qayd etilishicha, qoidaga binoan, bo‘shab qolgan vazir lavozimini ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan, ayni paytda o‘zi egallab turgan mansab – Mudofaa vazirligidan voz kechishni istamayotgan nomzod egallashi kerak.
Agarda u yangi lavozimga o‘tirmasa, Kontronening avvalgi mansabini uchinchi nomzod – sport jurnalisti Matay Akaula egallaydi.