Texnologiya | 09:19 / 12.10.2015
2840
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai Motor 2016 yilda o‘zining ilk elektromobilini taqdim etadi

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Co. avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2016 yilda o‘zining birinchi elektromobil modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ryonhap agentligi tadbirkorlar doirasidagi axborot manbasiga asoslanib xabar qildi.

Xechbek turiga mansub kuzovli ixchamgina AE modelining dastlabki namunasi kompaniyada 2015 yilning oxiriga qadar paydo bo‘lishi kerak edi, biroq ushbu muddat Chejudo orolidagi xalqaro elektromobillar ko‘rgazmasida namoyish etilishi uchun kelgusi 2016 yilning martiga qadar ortga surildi.

To‘liq elektr bilan harakatlanuvchi avtomobilini yaratar ekan, Hyundai Motor Co. Yaponiyaning Toyota kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda.
Ryonhap agentligining qayd etishicha, Chejudo orolida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada Xitoyning BYD kompaniyasi ham bir martalik quvvat bilan 400 kilometrgacha masofani bosib o‘tadigan elektromobilini taqdim etishni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish