O‘zbekiston | 18:20 / 12.10.2015
12637
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Anqaradagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

2015 yilning 12 oktabr kuni Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Mazkur kitob 10 oktabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terroristik akt qurbonlari xotirasiga Turkiyada e'lon qilingan uch kunlik motam munosabati bilan ochilgan.

O‘z navbatida elchi Namik Guner Erpul Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomiga yo‘llangan Prezident I.A.Karimov maktubidagi dalda va hamdardlik so‘zlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Turkiya poytaxtida ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida 97 kishi halok bo‘ldi va 500 dan oshiq kishi yaralandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish