Sport | 10:28 / 12.10.2015
2462
2 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich Pekindagi ATP turniri finalida Nadalni yengdi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 3 944 715 AQSh dollarini tashkil etuvchi yirik turnir yakunlandi. Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich hamda turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilgan Rafael Nadal o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Serbiya va Ispaniya vakillari o‘zaro 45-marotaba bir-birlariga qarshi kortga chiqishdi. Roppa-rosa bir yarim soat davom etgan bahsda Jokovich raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida taslim etdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan

Bu bilan u o‘zaro uchrashuvlardagi hisobni minimal darajaga qisqartirdi. Hozirda Nadal o‘zaro uchrashuvlarda Novakni 23:22 hisobida ortda qoldirmoqda. Pekindagi muvaffaqiyat Jokovichga 654,725 dollar mukofot jamg‘armasi hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.

China Open

Pekin, Xitoy

ATP World Tour 500

Mukofot jamg‘armasi – 3 944 715 dollar

Ochiq xard kortlar

FINAL

Novak Jokovich (Serbiya) – Rafael Nadal (Ispaniya) 6:2, 6:2

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish