Jahon | 15:10 / 12.10.2015
4204
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston mudofaa vaziri korrupsiyada ayblanmoqda

Qirg‘iziston mudofaa vaziriga nisbatan korruptsion ish ochildi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“MXDQ aksilkorrupsiya xizmati tomonidan respublika harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda operativ tadbirlar o‘tkazish chog‘ida mudofaa vazirligida byudjyet pullarini noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha korruptsion sxema yaratilgani aniqlandi”, - deb xabar berdi xavfsizlik xizmati matbuot bo‘limi.

Aytilishicha, harbiy idoraning oliy martabali amaldorlari “Askar-Qurilish” korxonasi orqali byudjyet pullarini o‘zlashtirib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish