Jahon | 10:24 / 12.10.2015
3631
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada yangi sanitar nazorat punktini ochadi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yangi “Qora-suu” sanitar nazorat punkti ochiladi. Bu haqda Kirtag Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

“Yangi tibbiy sanitar-karantin punkti Qirg‘iziston Respublikasining Bojxona Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida “Qora-Suu temir yo‘l” nazorat punktida tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur qaror ushbu uchastkada temir yo‘l yo‘nalishining ochilishi rejalashtirilayotgani munosabati bilan qabul qilindi.
“Qora-Suu temir yo‘l” nazorat punktida tibbiy sanitar-karantin punkti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarining o‘sishi va tadbirkorlar uchun ishlash shartlari sezilarli darajada yengillashishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Dilning qayd etishicha, yaqin vaqtlar ichida «Karakol» va «Batken» aeroportlari nazorat punktlaridagi tibbiy sanitar-karantin punktlari faoliyati to‘xtatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish