Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli haj ziyoratchilari xavfsizligini ta'minlashga va'da berdi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Abdulaziz Ol Saud mamlakat haj ziyoratchilari xavfsizligini ta'minlay olishga qodirligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Saudiya yangiliklar agentligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Qirolning aytishicha, Saudiya Arabistoni “Ka'batulloh mehmonlarining sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlash borasida o‘ziga va o‘z imkoniyatlariga ishonadi”.
Qirolning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni hukumati Makka yaqinidagi tiqilinchda halok bo‘lgan haj ziyoratchilarining o‘limida mamlakat hukumati javobgar ekani haqidagi gaplarni mas'uliyatsiz deb hisoblaydi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tiqilinch qurbonlari soni kamida 1453 kishini tashkil qildi.