Jahon | 17:56 / 12.10.2015
4074
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiya va Eron bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi

Turkiya Rossiya va Eron bilan Suriyadagi ixtilofni siyosiy nazoratga olish masalasida muzokaralar olib boradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.
Reuters agentligining ma'lum qilishicha, Dovudo‘g‘li Turkiya Suriyadagi hukmron rejimni qo‘llab-quvvatlamasligini ta'kidlab o‘tgan.

Shuningdek, u Idlib va Halab viloyatlaridagi aviazarbalar Turkiyaga qochqinlar oqimining kirib kelishini yanada kuchaytirishini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish