Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton xonim Kane Uestga hukumatda lavozim va'da qildi
AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Hillari Klinton saylovlarda g‘alaba qozonsa, reper Kane Uestga hukumatda ish taklif qilishini bildirdi. Bu haqda NME resursi xabar bermoqda.
Kane Uest 2020 yilda prezidentlikka “harakat qilib ko‘rishi”ni aytganda Klinton xonim unga kutib turishni tavsiya qildi, negaki uning o‘zi ikkinchi muddatga ham nomzodini qo‘yishini ma'lum qildi. Ungacha esa reper “tajriba oshirish” uchun hukumatda ishlab turishi mumkin bo‘ladi.
“Bu elchi roli yoki yana boshqa narsa bo‘lishi mumkin, hammasi uning tanloviga bog‘liq”, - dedi siyosatchi.