Jahon | 18:58 / 13.10.2015
2372
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada qo‘lga olingan “Mexanik Chebotarev” tankeri ekipaji a'zolari ozod qilindi

Chechenistonning milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Jonbo‘lat Umarov Liviyada qo‘lga olingan “Mexanik Chebotarev” tankeri ekipaji a'zolari ozod qilinganlarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Checheniston respublikasi prezidenti Ramzon Qodirovning diplomatik faolligi tufayli “Mexanik Chebotarev” kemasidan dengizchilarimizning ozod qilinish jarayoni o‘zining yakuniga yetdi. Bizning fuqarolar ozod etildi”, deb aytdi Umarov.

Avvalroq Ramzon Qodirov Liviyada tutqunlikdan ozod qilingan kema matrosi bilan uchrashgani haqida ma'lum qilgandi. Bungacha tankerda oshpaz bo‘lib ishlagan ayol ozod etilgan. Shuningdek, tankerning 12 nafar dengizchisidan 8 nafari Astraxan vakillari ekani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish