Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvada shifokorni shantaj qilgan ayol qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Quva tuman shifoxonasi jarrohi Mahmud Bo‘ronov Gulsanam Jabborova ismli ayol unga tuhmat qilayotgani yuzasidan tegishli idoralarga shikoyat qildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol undan 1.5 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida yoritildi.
Aytilishicha, Jabborova kelinini shifoxonaga olib borgan. U yerda kelini jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan. Ikki kundan so‘ng bemorning holati haqida suhbatlashayotib, Jabborova Bo‘ronov “uchrashib turish”ni taklif qilgan. Ammo oilali erkak bu taklifni rad qilgani ayolga xush kelmagan. Natijada u tovlamachilik qilib erkakni qo‘rqita boshlagan, unga tegajog‘lik qilishda ayblagan, bu haqda gap tarqatishini va qamatib yuborishini aytib tahdid qilgan.
Jumladan, tuman IIBga ariza yozib, so‘ng yana qaytarib olgan, Bo‘ronovning tahlikaga tushganini payqab, undan “jim yurishi” uchun 1.5 mln so‘m talab qilgan. Shunda shifokorning o‘zi IIBga ariza yozishga majbur bo‘lgan.
Sudda ayolning qilmishlari aniqlanib, Bo‘ronovning nomi oqlandi.