Sport | 09:00 / 13.10.2015
2985
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Qosimjonov rapid yo‘nalishi bo‘yicha JChda 13-o‘rinni egalladi

Norvegiyalik grossmeyster, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen Germaniyaning Berlin shahrida davom etayotgan jahon chempionatining rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan u o‘z unvonini saqlab qoldi.

Karlsen 15ta turda 11,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy ikkinchi, ozarbayjonlik shaxmatchi Teymur Rajabov uchinchi, kubalik Lener Dominges to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Uch nafar shaxmatchi ham 10,5tadan ochko to‘plashdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan

O‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov 15 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 13-o‘rinni egalladi.

Amaldagi jahon kubogi sohibi rossiyalik Sergey Karyakin hamda sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand ham 9,5 ochko to‘plashdi, lekin ular Qosimjonovdan keyingi o‘rinlarni egallashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish