O‘zbekiston | 11:30 / 13.10.2015
3929
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 2015-2017 yillar davomida 86ta loyiha amalga oshiriladi

2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatida qurilish sohasida qiymati 261,3 mln. dollar bo‘lgan 86ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar qilgan.

Shundan, 2015 yilda 75tasi, 2016 yilda 9tasi va 2017 yilda 2tasi amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, 2016-2018 yillarda «Olmaliq kon metallurgiya» kombinati tomonidan 2016 yilda Sherobod tumanida, 2017 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida sement mahsuloti ishlab chiqarish zavodlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, 20ta loyiha g‘isht, 22tasi temir-beton, 17tasi noruda materiallar va 27tasi boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga muljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish