Jahon | 21:57 / 13.10.2015
6440
2 daqiqa o‘qiladi

Viner-Usmonova: Alisher Usmonov uchun futbol hamma narsadan ustun

Rossiyalik tadbirkor va milliarder Alisher Usmonov futbol bilan yashaydi va Rossiya milliy terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishini istamoqda, deb ma'lum qildi TASS axborot agentligiga tadbirkorning rafiqasi, Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova.

“Futbol Alisher Usmonovga xobbidir, uning “shifoxonasi”. Hattoki qandaydir operatsiyalar yoki murakkab muzokaralardan keyin ham futbol u uchun hamma narsadan ustun va undan boshqa hamma narsa unga unut bo‘ladi. Shuning uchun u Rossiya termasi o‘z uyida 2018 yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishini istamoqda”, deb ta'kidlab o‘tdi Viner-Usmonova.

Joriy yilning avgustida tadbirkor Rossiya futbol ittifoqiga milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloga tavon puli to‘lashida ko‘mak bergan va beg‘araz moliyaviy ko‘mak sifatida 1 mlrd rubl ajratgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish