Texnologiya | 17:45 / 13.10.2015
2681
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen investitsiyalar hajmini 1 mlrd dollarga qisqartiradi

Germaniyaning Volkswagen brendi yillik investitsiyalar hajmini 1 mlrd dollarga qisqartiradi. Kompaniya matbuot xabarnomasida aytilishicha, endilikda bu mablag‘ ekologik toza ishlanmalarga yo‘naltiriladi.

Rahbariyat eng qisqa muddatda Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlariga yetkazib beriladigan barcha avtomobillarni SCR (selektiv katalitik neytralizatsiya, chiqindi gazlardagi azot oksidlarini ikki atomli azot va suvga bo‘lishga yordam beradi) va AdBlue (SCR qo‘llaydigan reagent) texnologiyalariga o‘tkazishga topshiriq berdi.
Ilgariroq Volkswagen 11 mln dona mashinada ekologik tozalik darajasini noto‘g‘ri ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilganini tan olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish