Jahon | 18:14 / 13.10.2015
5551
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Suriyadagi tuzilmalar Asadga qarshi kurash uchun birlashmoqda

Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolarga Rossiyaning aralashuvi natijasida Suriyada bir qator muxolif tuzilmalar birlashishga qaror qildi, deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Ikki hafta muqaddam Rossiya Suriya hududida harbiy harakatlarni boshlaganidan beri, mamlakatda uchta muxolif guruh shakllandi. Muxolifat vakillari ular sonining ortib borayotganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda AQSh tomonidan qullab-quvvatlanayotgan muxolif tuzilmalar va “Al-Qoida”dan madad olayotgan tuzumga qarshi bo‘lganlar prezident Bashar Asadga qarshi kurash uchun birlashishga tayyor.
12 oktabrda esa Asad armiyasi muxolifatdan Kafr-Nabud shahrini tortib olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Janglar jarayonida 700dan ziyod raketa qo‘llanilgan, biroq oradan bir necha soat o‘tib, jangarilar shaharni qo‘shinlardan qaytarib olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish