Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya YuNeSKOni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Yaponiya hukumati 1937 yilda Xitoyning Nankin shahridagi qirg‘inlar to‘g‘risidagi hujjatlar Jahon moddiy madaniya meros ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng YuNeSKOni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».
“Biz ushbu qayg‘uli qarorga munosabat bildirishning barcha imkoniyatlarini o‘rganib chiqayapmiz”, - dedi mamlakat vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yesixide Suga matbuot anjumanida.
Yaponiya Taqish ishlar vazirligi esa Xitoy tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda tarix buzib ko‘rsatilgani, bir tomonlama yondashilganini ma'lum qildi. Yaponiya vakillari, shuningdek, kelgusida tashkilot faoliyatining qayta isloh qilinishi qo‘llab-quvvatlanishi rejalashtirilayotganini ta'kidlab o‘tishdi.