O‘zbekiston | 10:46 / 14.10.2015
2895
1 daqiqa o‘qiladi

“Ohangaronsement” 6 yillik soliqlarni to‘lab beradi

O‘zbekiston oliy xo‘jalik sudi “Ohangaronsement” korxonasini 2009-2014 yillar uchun soliqlardagi kamomadni to‘lashi lozimligi haqidagi da'voni asosli deb topdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Shu bilan birga, zavod ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish uchun oliy xo‘jalik sudiga protest kiritgan.

Korxona Rossiyaning “Yevrosement grup” xoldingi nazorati ostidadir. “Yevrosement grup” ilgari ham O‘zbekistonda bunday muammolarga to‘qnash kelgan. 2014 yil iyulida Toshkent viloyat xo‘jalik sudi Davlat raqobat qo‘mitasining 1994 yil avgustida “Ohangaronsement”ning xususiylashtirilishini noqonuniy deb topish to‘g‘risidagi da'vosini qondirdi. Sud korxonaning mulki va bank hisobiga band soldi. Iyul oyi oxirida zavod aksiyadorlari apellyatsiya berdi. Shu yil dekabrida xususiylashtirishni noqonuniy deb topish haqidagi qaror bekor qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish