Iqtisodiyot | 17:31 / 14.10.2015
5807
2 daqiqa o‘qiladi

“Rosneft”: Saudiya Arabistoni Rossiya neftiga qarshi narx urushini boshladi

Saudiya Arabistoni Rossiya neftini Yevropa bozoridan siqib chiqarish uchun urush boshladi. Sentyabr oyida Saudi Aramco dengiz yo‘li orqali Polshaga neft yetkazib berishni boshladi va Yevropaga Rossiyaning Urals rusumli neftidan ham arzonroq narxda mahsulot taklif eta boshladi.

Saudiya Arabistoni bu bozorga birinchi marta chiqish uchun o‘z mahsuloti narxini sezilarli darajada tushirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Rosneft” rahbari Igor Sechin “Rossiya chaqiradi!” forumidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Raqobat haqida gapirar ekanmiz, shuni aytishimiz kerakki, Saudiya Arabistoni birinchi marta Polsha bozoriga chiqdi.

Ular Gdansk orqali xom ashyo yetkazib bermoqda. Ular faol ravishda narxlarni demping qilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS.
“Bozor uchun kurash neft narxiga ta'sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biridir. Bu byudjyet daromadlarida ham aks etadi”, - qo‘shimcha qildi Sechin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish