Jahon | 12:40 / 14.10.2015
4913
3 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik kongressmen Snoudenni AQShning eng zararli sotqini deb atadi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi(MXA)ning sobiq xizmatchisi Edvard Snouden mamlakat tarixidagi “Amerikaning eng zararli sotqini”, uning tarafdorlari esa xoinning qanchalar “zarar keltirishi” to‘g‘risida shunchaki tasavvurga ega emas. Bunday fikrlarni AQSh Kongressi vakillar palatasining razvedka bo‘yicha a'zosi, respublikachi Kris Styuart Solt-Leyk-Siti (Yuta shtati)da bo‘lib o‘tgan xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada aytib o‘tdi.

Forumda MXAning ko‘plab mamlakatlar, jumladan, AQShning Yevropa, Osiyo, Janubiy Amerikadagi ittifoqdosh davlatlar rahbarlari telefon qo‘ng‘iroqlarining eshitilishi va internet xabarlarining o‘qilishi bilan bog‘liq shov-shuvli mojaro mavzusi yetakchilik qildi. Biroq Styuart ulardan farqli ravishda, Solt-Leyk-Sitidan janubroqdagi Blaffdeylda joylashgan Milliy gvardiya bazasida faoliyat ko‘rsatayotgan MXA ma'lumotlar saqlash maxfiy markazida nomini oshkor qilmagan amerikaliklarning nimalar mashg‘ul bo‘layotgani to‘g‘risidagi shubhalarini e'lon qildi. “Blaffdeylga yaqinlashar ekanman, go‘yoki u yerda mening Facebook`im tekshirilib, to‘lagan soliqlarim to‘g‘risida ma'lumot to‘planayotgan, telefon qo‘ng‘iroqlarim tinglanayotgandek tasavvur uyg‘onadi. Sizlarni ishontirib aytamanki, ularning maqsadlari boshqacha aslida”, - deya aytib o‘tdi.

Ayni paytda Rossiyadan vaqtincha boshpana topgan Snouden 2012 yil bahorida MXAning Gavayyadagi mintaqaviy markazida taxminan bir oycha ishlagan. Bu vaqt ichida u elektron josuslik sohasida Amerikaning maxfiy dasturlari haqida ko‘p miqdordagi ma'lumotlarni to‘plab, ularni e'lon qilgan edi. Natijada xalqaro mojarolar boshlanib, AQSh va boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Bu kabi yirik miqdorda maxfiy ma'lumotlarning chiqib ketishi AQShda 1952 yildan buyon kuzatilmayotgan edi.

AQShda Snoudenga nisbatan Amerika maxsus xizmatlari maxfiy ma'lumotlarnini oshkor qilish aybi qo‘yilib, unga nisbatan uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish