Jahon | 07:48 / 14.10.2015
2079
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyadagi avariya tufayli 20 nafarga yaqin xitoylik sayyoh jarohat oldi

Avstriyaning Obshtayg kommunasida sayyohlar avtobusi va yuk mashinasi tomonidan sodir etilgan YTH natijasida 20 nafarga yaqin xitoylik sayyoh jarohatlandi. Bu haqda Tiroler Tageszeitung Online Avstriya nashri xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, avariya 13 oktabr tunda sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi pritsepi uzilib ketadi va kelayotgan avtobusga uriladi. Natijada sayyohlik avtobusi yo‘l chetidagi to‘siqlarni sindirib, yo‘ldan chiqib ketadi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 22 kishi jarohat olgan, ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir. Ularni vertolyot yordamida yaqin bo‘lgan kasalxonalardan biriga eltishgan.

Yo‘ldagi avtomobillar harakati to‘xtatilgan, avtobusni kran yordamida ko‘tarishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish