Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beyl agenti: “Ronaldu Garetdan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi...”
“Real Madrid” hujumichisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett jamodagi ikki yetakchi — Ronaldu va Beyl o‘zaro chiqisha olmayotgani haqda sharh berdi.
“Ular birga ovqatlanishmaydi, ammo bu barchasi yomon, degani emas. Ular o‘rtasida hech qanday dushmanlik yo‘q. Garet — bosiq yigit. U Ronaldudan bu tomonlama butkul farq qiladi.
Ammo, o‘ylaymanki, Garet Ronalduga ko‘p narsa o‘rgatsa bo‘ladi, ayniqsa, sherikchilikda harakat qilishni.
Uni yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi. Uning maqsadi — jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish. U jahondagi yaxshi model va eng yaxshi ichki kiyimlar sotuvchisi bo‘lishni istaydi, deb o‘ylamayman”, - deb aytib o‘tgan Barnett.