Sport | 08:21 / 14.10.2015
1938
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016 saralashi: Belgiya V guruhida birinchi o‘rinni egalladi

13 oktabr kuni Yevro-2016 saralashidan o‘rin olgan guruh bosqichiga yakun yasaldi. 

"V" guruhida 10 tur o‘yinlaridan keyin Belgiya terma jamoasi 23 ochko bilan birinchi, Uels terma jamoasi 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Pley-offda esa bu guruhdan 17 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi qatnashadigan bo‘ldi.

So‘nggi turda belgiyaliklar o‘z maydonida Isroilni 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. Uels ham Andorrani osonlik bilan yenggan - 2:0. Bosniya va Gertsegovina esa safarda Kiprni uchinchi o‘rin uchun bahsda 3:2 hisobida mag‘lub etgan.

"V" guruhi
Belgiya – Isroil 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 64 Mertens, 2:0 – 78 de Bryuyne, 3:0 – 84 Azar, 3:1 – 88 Xemed.
Belgiya – Minole, Kompani (Mene, 58), Vertongen, Alderveyreld, Lomberts, Nainggolan, Fellayni (Vittsel, 66), Azar, de Bryuyne, Mertens, Lukaku (Oriji, 65).
Isroil – Marsiano, Tibi, Ben Xaim, Ben Xarush, Yeini (Vermut, 77), Zaxavi, Kayyal (Damari, 66), Ben Xaim (Rikan, 59), Perets, Dgani, Xemed.

Uels – Andorra 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 50 Remzi, 2:0 – 86 Beyl.
Uels – Xennessi, Ganter, Devis, Chester, Uilyams, Remzi, Uilyams (Cherch, 86), Beyl, Voen, Robson-Kanu (Edvards, 23; Lourens, 46), Vouks.
Andorra – Pol, Lima, San-Nikolas, Maks Lovera, Rodriges, Moreyra (Riyera, 12), Sonejye (Ayyala, 70), Veyra, Rubio, Sanches, Lorenso (Garsiya Renom, 81).

Kipr – Bosniya va Gertsegovina 2:3 (2:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 13 Medunyanin, 1:1 – 32 Xaralambidis, 2:1 – 41 Mitidis, 2:2 – 44 Medunyanin, 2:3 – 67 Jurich.
Kipr – Georgallidis, Demetriu, Junior, Antoniadis, Nikolau (Ikonomidis, 65), Layfis, Makridis, Xaralambidis (Kolokudias, 83), Efrem, Laban (Aloneftis, 75), Mitidis.
Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Shunich, Vranesh, Zukanovich (Jurich, 61), Spaxich, Pyanich (Salixovich, 86), Vishcha (Bichakchich, 79), Lulich, Medunyanin, Muyja, Ibishevich.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish