Sport | 08:56 / 14.10.2015
5704
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi aniq bo‘ldi

2016 yilgi Yevropa chempionati uchun o‘tkazilgan saralash bahslaridan so‘ng Fransiya maydonlarida to‘p suradigan 20 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra Fransiya, Albaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Angliya, Germaniya, Islandiya, Italiya, Shimoliy Irlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Ispaniya, Slovakiya, Shveytsariya, Uels, Xorvatiya va Turkiya yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yana to‘rt jamoa nomi pley off bahslaridan so‘ng ma'lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvlarda Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Irlandiya, Sloveniya, Norvegiya, Bosniya va Gertsegovina hamda Vengriya ishtirok etadi.

Bu 8 terma jamoa 18 oktabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida qur'a tashlash orqali 4ta juftlikka ajratiladi. Bu juftliklar uyda va mehmonda bittadan uchrashuv o‘tkazib, g‘olibni aniqlashadi.

Shundan so‘ng, 12 dekabr kuni Parijda Yevro-2016 turnirining guruhlari tuzib chiqiladi.

Unga ko‘ra, 24 jamoa 6 guruhga bo‘linadi. Bu guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan termalar keyingi bosqichga chiqishadi, yana 4ta eng yaxshi 3-chi o‘rin egalari ham nimchorak finalda qatnashadi.

Yevropa chempionati 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish