Jahon | 11:08 / 14.10.2015
6268
1 daqiqa o‘qiladi

Misr telekanali Suriyadagi urushlar o‘rniga videoo‘yin tasvirlarini ko‘rsatdi

Misrning Sada el Balad telekanali rus loyihachilari tomonidan Suriyadagi urushga bag‘ishlab ishlab chiqilgan aviasimulyatorni haqiqiy janglar sahnasi o‘rniga namoyish etdi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

11 oktabr kuni efir vaqtida Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari syujyeti o‘rniga, Apache: Air Assault videoo‘yinidan turli xil kadrlar ko‘rsatilgan. Boshlovchi Ahmad Mussa kadrlarni voqea joyidan olinganligi va Rossiya samolyotlari nishonlarga o‘ta aniqlik bilan aviazarbalar berayotganligini aytib o‘tgan.

Apache: Air Assault — aviasimulyator videoo‘yin bo‘lib, 2010 yilda Rossiya kompaniyasi Gaijin Entertainment tomonidan ishlab chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish