Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kubogi finalini Ravshan Ermatov boshqaradi
17 oktabr kungi O‘zbekiston kubogi finalini FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi.
Bu mavsumgi O‘zbekiston Kubogi finalida Jizzax shahridagi o‘yingohda, soat 17:00da boshlanadi va unda Toshkentning "Bunyodkor" va Qarshining "Nasaf" jamoalari uchrashishadi.
Shu tariqa, Ermatov mamlakat kubogi finalida beshinchi marta ishlaydi va bu borada mutloq rekordchiga aylanib oladi. Gali Imomov va Noil Lutfullin 4 martadan final o‘yinida ishlashgan.
Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta o‘yin bor. O‘zbekiston kubogi finalida bir marta xorijlik hakam ishlagan. 2014 yilgi hal qiluvchi bahsni janubiy koreyalik Kim Dong Jin boshchiligidagi referilar boshqarishgan.
O‘zbekiston kubogi final o‘yinida ishlagan hakamlar ro‘yxati:
Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
Rustam Saidov (2001, 2002)
Marat Ismoilov (2008, 2009)
Doniyor Osimov (1994)
Rashid Aytekov (1996)
Sardor Najafaliyev (1997)
Dmitriy Roman (2004)
G‘ayrat Karimov (2005)
Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) (2014)