Jamiyat | 11:24 / 14.10.2015
3213
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston rossiyalik turistlarga manfaatli turlar taklif etadi

O‘zbekiston Rossiyadan turistik oqimni ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, milliy kompaniya yaqin istiqbolli maqsad sifatida Rossiya bilan turistik aloqalarni mustahkamlashni ko‘zlamoqda. Jumladan, 2015 yil mayida Moskvada “O‘zbekturizm” vakillari Rossiya turoperatorlari bilan V2V formatidagi uchrashuvlar o‘tkazishdi. Unda Rossiya vakillari O‘zbekistonning turistik salohiyati bilan tanishtirildi.

Bundan tashqari, rossiyalik turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekiston sayyohlarga nisbatan arzon narxlarda to‘la xizmatlar paketini taqdim eta olishi alohida qayd qilindi.
Bunday uchrashuvlar Sankt-Peterburg va Volgogradda o‘tkazilgan. Yaqin orada ular Novosibirskda ham tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish