Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi sobiq aviasozlik zavodining asosiy aksiyadoriga aylandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent mexanika zavodining (sobiq aviasozlik korxonasi) asosiy aksiyadoriga aylandi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xabarnomasida aytildi.
“Toshkent mexanika zavodi” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kirgan yettinchi korxona bo‘ldi. Unga aviazavod aksiyalarining 81.52 foizi tegishlidir.
Shu paytgacha korxona ustav kapitali strukturasida davlatga 76.6 foiz aksiyalar tegishli edi. Kollektiv 10 foiz, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 6.7 foizdan aksiyalarga ega edi.