Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi Qatardagi boks bo‘yicha JChni oltin medalsiz yakunladi
Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida finalga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Vazni 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etib, yo‘l-yo‘lakay bir necha nafar kuchli raqiblarni mag‘lub etib kelgan Bektemir Meliqo‘ziyev finalda kubalik bokschiga qarshi jang olib bordi.
Butun jang davomida Lopesning tajribasi sezilib turdi. U kuchli zarba yo‘llamadi, ammo himoyani mustahkam ushlab, ochko uchun bir nechta zarbalar bera oldi. Bektemir esa asosan kuchli zarba berish payida bo‘ldi, ammo himoyaga yetarli ahamiyat bera olmadi. Dastlabki ikki raundda kubalik, uchinchi raundda Meliqo‘ziyevning ustunligi qayd etildi — 29:28, 29:28, 29:28.
19 yoshli hamyurtimiz o‘z faoliyatida ilk marta ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritganini inobatga olsak, bu musobaqa Bektemir uchun katta tajriba vazifasini o‘tadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jahon chempionatida 6ta medalga ega bo‘ldi — 3ta kumush va 3ta bronza bor.
Bu natija esa terma jamoaning jahon chempionatlarida medallar soni bo‘yicha ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Ertaga Elnur Abduraimov (-60 kg) olimpiada yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.