O‘zbekiston | 09:49 / 14.10.2015
4428
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

2015 yil noyabrida O‘zbekistonga O‘zbekistonga Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sodiqov Pokiston Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzhat Sodig‘iy bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.
“Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 2015 yil noyabrida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi. Uning tashrifi muhim voqea bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Dispatch News Desk nashri.

Shuningdek, 2016 yil martida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent-Lahor reysini ochishi mumkinligi xabar qilindi. Kelajakda Toshkent-Islomobod reysining ochilishi rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish