Jahon | 21:29 / 14.10.2015
4634
2 daqiqa o‘qiladi

Putin amaldorlarga xorijiy aviakompaniyalar samolyotlarida uchishni taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat xizmatchilariga faqatgina Rossiya yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aviakompaniyalari bilan uchishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi.

Uchish ruxsat berilgan aviakompaniyalar “davlat xizmatchisining safarga boradigan joyiga yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirmasa yoki bu aviakompaniyalarning reyslariga safar hujjatlarini rasmiylashtirish davlat xizmatchisi safarining butun muddati davomida yo‘qligi sababli imkoni bo‘lmagan taqdirda” xorijiy kompaniyalar xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Mart oyida “Aeroflot” bosh direktori Vitaliy Savelev hukumatga amaldorlarni xizmat safariga borishda Rossiya aviatashuvchilari reyslaridan foydalanish majburiyatini qo‘yishni taklif qilgan edi. “Istalgan mahalliy aviakompaniya bilan uchish kerak. Albatta “Aeroflot” bo‘lishi shart emas”, deb ta'kidlab o‘tgan Savelev.

Savelevning aytishicha, bunday choralar ko‘plab davlatlarda, misol uchun Xitoyda amal qiladi. Bu yerda istalgan darajadagi amaldorlarga mahalliy avitashuvchi ishlaydigan yo‘lanishlarda xorijiy aviakompaniyalar xizmatlaridan foydalanish taqiqlangan.

6 oktabrda davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp orqali aloqa qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlangani ma'lum qilingandi. Ushbu tashabbus “Rossiyani himoya qilamiz” jamoatchilik tashkilotining rahbari Mixail Marchenko va Davlat dumasi deputati Vadim Solovevga tegishli. “Yuqori lavozimdagi amaldor uzatayotgan istalgan ma'lumot xorijiy razvedkalar uchun qiziqish uyg‘otadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Marchenko.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish