Jahon | 13:03 / 14.10.2015
6001
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada hokimiyat qurolli to‘ntarish yo‘li bilan o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi

Suriyada hokimiyat qurolli to‘ntarish yo‘li bilan amalga oshirilishi xalqaro huquqning buzilishi bo‘ladi, shu bois Rossiya bunga qarshi kurashmoqda. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi elchisi Aleksand Kinshchak bayonot berdi.

“Rossiya bugun amalda rejim tashqi tomondan hokimiyatni almashtirishga bo‘lgan harakatga qarshi chiqmoqda. Bizning operatsiyamizga bo‘lgan asabiy reaksiyaga qaraganda, aynan shu rejalar ortida turgan davlatlar ko‘proq xavotir izhor qilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Shuningdek, u Moskva Liviya va Iroqdagi to‘ntarishlar oqibatlarini yaxshi eslagani uchun Suriyada bunga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish