Jahon | 18:45 / 14.10.2015
2740
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT ilk bor kibero‘quvlar tashkil etadi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) ShHTga a'zo davlatlar vakolatli organlari hamkorlikdagi Internet tarmog‘idan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha «Syamin-2015» shtab o‘quvini o‘tkazishi haqida xabar berdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi qaroriga muvofiq, kibero‘quv 2015 yil 14 oktabrda Xitoy Xalq Respublikasi hududida o‘tkazilishi belgilandi.

Aksilterror o‘quvida ShHTga a'zo davlatlarning vakolatli organlari delegatsiyalari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish