Sport | 12:01 / 14.10.2015
2563
1 daqiqa o‘qiladi

Shtefen Effenberg murabbiylik faoliyatini "Paderborn"da boshladi

2014-2015 yillar mavsumi yakunida Germaniya bundesligasidan ikkinchi ligaga tushib ketgan "Paderborn" jamoasi germaniyalik sobiq futbolchi Shtefan Effenbergni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Jamoa rasmiy saytida xabar qilinishicha, 47 yoshli Effenberg bilan 2017 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan.

Qayd etish kerakki, sobiq futbolchi uchun bu murabbiylikdagi ilk jamoa bo‘ldi.

O‘zining futbolchilik faoliyatini asosan "Bavariya" jamoasida o‘tkazgan Effenberg "Borussiya M", "Fiorentina", "Volfsburg" va "Al-Arabi" kabi jamoalarda ham tayanch yarim himoyachisi sifatida to‘p surgandi.

U Germaniya terma jamoasida 1991-1998 yillar mobaynida 35ta uchrashuv o‘tkazgan va 5ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish