Jahon | 22:14 / 14.10.2015
2691
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasining 10 nafar jangarisi yo‘q qilindi

Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) 10 nafar jangarisi mamlakatning janubi-sharqidagi Xakkari viloyatida turk harbiylari tomonidan yo‘q qilindi, deyilmoqda Turkiya bosh shtabi bergan xabarda.

“Xakkari viloyatidagi Yuksakova tumanida aksilterrorchilik operatsiyasi davom etmoqda. Operatsiya davomida otishma yuz berdi, buning oqibatida KIPning uch nafar a'zosi o‘ldirildi. Bizning 3 nafar harbiyimiz yengil jarohatlar oldi. Yana 7 nafar terrorchi Turkiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlarining aviazarbalari oqibatida yo‘q qilindi”, deyilmoqda xabarda.

Turkiyada 20 iyulda IShIDning Suriya bilan chegaradasida terakt amalga oshirilgani va mamlakatning janubi-sharqiy viloyatlarida politsiyachilar o‘ldirilganidan keyin vaziyat keskinlashib ketdi. Bu teraktlar uchun javobgarlikni KIP o‘z zimmasiga olgan. Oxirgi 2,5 oy ichida 140 politsiyachi, harbiy hamda fuqarolar kurd jangarilari qurbonlari bo‘ldilar. Turkiya HHK samolyotlari 24 iyuldan beri mamlakat janubi-sharqiy viloyatlari va Iroq shimolidagi KIP pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish