Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA Angliya va Litvaga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘radi
UYeFA Angliya futbol assotsiatsiyasi va Litva futbol federatsiyalariga qarshi intizomiy jazo choralarini ko‘radi.
Angliya terma jamoasi muxlislari Litvaga qarshi Yevropa chempionati uchun o‘tkazilgan saralash bahsida litvalik muxlislar bilan janjal chiqarishga uringan edi. Ushbu janjal politsiya yordamida bostirilgan va shu sababli Angliya futbol assotsiatsiyasi jazolanishi kutilmoqda.
Litvaga nisbatan ish ochilishida esa chiptalari savdosidagi qoidabuzarlaklar sabab bo‘lmoqda. Ushbu ish UYeFA tomonidan 22 oktabrda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda Angliya 3:0 hisobida Litvani mag‘lubiyatga uchratgandi.