Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Jarixin: Suriyadagi vaziyat MDH davlatlariga ham aloqadordir
15 oktabr kuni Qozog‘istonda MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi ish boshlaydi. Unda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya yetakchilari ishtirok etadi.
Ma'lum bo‘lishicha, Bo‘rabaydagi uchrashuvda Vladimir Putin MDH bo‘yicha hamkasblarini Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya tafsilotlari bilan tanishtiradi.
MDH davlatlari instituti direktori Vladimir Jarixin Sputnik agentligiga bergan intervyusida Suriyadagi vaziyat tashkilotga a'zo davlatlarga ham bevosita aloqador ekanligini ta'kidlab qo‘ydi.
“Suriyadagi vaziyat Markaziy Osiyodagi vaziyatga ham bevosita ta'sir o‘tkazadi, - dedi u. – Markaziy Osiyodagi vaziyat esa nafaqat mintaqa davlatlari, balki Rossiyaga ham ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois Suriyadagi vaziyat MDHga bevosita aloqadordir.
Masalan, Suriyadan MDH hududigacha, ya'ni Armanistongacha, 400 km masofa bor. Bu juda yaqindir”.
Umuman Suriyadagi vaziyat uchrashuvning asosiy mavzularidan biriga aylanishi kutilmoqda.