Jahon | 16:52 / 15.10.2015
2770
2 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi terakt ijrochilari sifatida gumon qilinib, 10 kishi qo‘lga olindi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu Anqaradagi teraktni tashkil qilishda qatnashgani gumon qilinayotgan 10 kishining hibsga olingani haqida bayonot berdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

"Terakt ijrochilarini qidirish ishlari davomida 10 kishi ushbu teraktga aloqadorligi uchun qo‘lga olindi. Ular IShID va Kurdiston ishchilar partiyasi a'zolari ekani aniqlangan", deydi Dovudo‘g‘lu.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 10 oktabr kungi terakt qurbonlari soni 99 nafarni tashkil etmoqda.

Bugundan Turkiya hukumati sud orqali OAVning terakt haqida ma'lumotlar tarqatishini taqiqlab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan 2 marta terakt sodir etilgan edi.

Teraktdan bir necha kun o‘tib, politsiya bu teraktda IShID jangarilarining qo‘li borligini aniqlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish