Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari saylovlari bo‘lib o‘tadi
BMT Bosh Assambleyasida Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari saylovlari bo‘lib o‘tadi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan delegatlar keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab 2 yil davomida strukturaga kiradigan 5 davlat nomini aniqlab berishadi.
Bosh Assambleyaning yig‘ilishi bugun, 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. 193 mamlakat vakillari ovoz berib bo‘lganidan so‘ng, ovoz sanash uchun 45 daqiqalik tanaffus e'lon qilinadi.
Afrika mamlakatlari guruhidan nomzod sifatida Misr va Senegal, Yevropa davlatlari guruhidan Ukraina ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Lotin Amerikasidan Urugvay, Osiyo va Tinch okeani guruhidan Yaponiya ishtirok etmoqda.