Jahon | 18:32 / 15.10.2015
5756
1 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: MDH sammitida kelajak muhokama qilinadi

Siyosiy ekspert Innokentiy Adyasov Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan MDHga a'zo davlatlar yetakchilarining sammitiga munosabat bildirdi.

“Kim nima deyishidan qat'iy nazar, tashkilot o‘ziga xosdir, - uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi. – Bugungi dunyoda bu qadar turfa davlatlarni birlashtiruvchi boshqa davlat bo‘lmasa kerak. Uning mavjudligi davrida MDHdan faqat Gruziya chiqib ketdi, lekin u hamdo‘stlik ichidagi ko‘pgina kelishuvlardaning ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda”.

Ba'zan MDHni Britaniya millatlar hamdo‘stligiga o‘xshatishga harakat qilishadi, lekin bir muhim jihat ko‘zdan qochiriladi: Britaniya hamdo‘stligi birinchi navbatda gumanitar masalalar bilan shug‘ullanadi, MDH esa tashkil topganidan buyon postsovet davlatlarining har tomonlama integratsiyasini amalga oshirishga intilib kelmoqda, deb hisoblaydi ekspert.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish