Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: yaqin yillarda MDHda vaziyat qizg‘in tus olib boraveradi
Rossiyalik ekspert, Tizimli tahlil va prognozlash markazi prezidenti Rostislav Ishchenko Sputnik agentligi bilan suhbatda MDHning istiqbollariga o‘z munosabatini bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya Yaqin Sharqda AQShning yetakchilikni qo‘ldan boy berayotganidan foydalanib, bu o‘ringa nomzod bo‘lib chiqdi.
Odatda Yaqin Sharqni nazorat qiluvchi kuch butun dunyo miqyosida yetakchi hisoblanadi.
“Ammo urushni boshlashning o‘zi yetarli emas, uni yutish ham kerak, - dedi Ishchenko. – G‘alabaga qadar esa Rossiyaning qo‘shnilari, birinchi navbatda MDH davlatlari Moskvaning imkoniyatlari va kuchaygan tashqi siyosiy faolligini baholashga urinishadi”.
Boshqa tomondan esa, Rossiya hali yetakchiligini yuz foizga isbotlashga ulgurmagan ekan, qo‘shnilar uning o‘rnini bosadigan kuch qidirishda davom etadi. Ko‘pgina davlatlar ikki kuchli davlat o‘rtasida muvozanat saqlashga intiladi.
Bundan tashqari, yetakchilikni yutqazayotgan AQSh Rossiyaning hayotini qiyinlashtirish uchun MDH davlatlariga kirishga harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi ekspert.